Manzura - Vatan qo`shiq matni

Ona yurtim O`zbekiston – qutlug` makonim,
Kelajagi tonglar kabi yorug` makonim.
Bu dunyoda nima bordir sendan muqaddas?
Olam aro yagonasan ulug` makonim.

Ko`kka tutash azim tog`lar ko`ksing tumori,
Zilol suving har tomchisi jonim madori.
Quchog`ingdan ayro tushsam nogoh bir nafas,
Jannat ifor havolaring tutgay xumori.
Diyorim, borlig`ing buncha saboli – yo`qdir takrori.

(Hey) Qalbimda shijoat, shahdim bor mening,
Yurtimga sadoqat, ahdim bor mening.
Agar bir kuningga yaray olsam Vatan,
Bag`ringda adoqsiz baxtim bor mening. (x2)

Necha yillar sinovidan o`tding bosh egmay,
Maqsadga hech yetib bo`lmas mashaqqat chekmay.
Quvonching-u zahmatingni ko`rgaymiz baham,
Oriyatli farzandlaring xizmatingga shay.
Buyuklarga izdosh har o`g`il-qizing, xizmatingga shay.

(Hey) Qalbimda shijoat, shahdim bor mening,
Yurtimga sadoqat, ahdim bor mening.
Agar bir kuningga yaray olsam Vatan,
Bag`ringda adoqsiz baxtim bor mening. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]