Ozodbek Nazarbekov - Anjanchasiga qo`shiq matni
Anjanliklar chaqaloqni ham
Sizlashadi anjanchasiga,
Nondek shirin yumshoqlik bilan
So`zlashadi anjanchasiga.
Ota meros anjirli bog`lar,
Oqlangan uy, tandir, o`choqlar, (x2)
Shahrixoniy taqib pichoqlar,
Yurishadi anjanchasiga. {x4}
Bog`larida askiya, bazm,
Zo`ri edi Abdulhay Mahsum. (x2)
So`z mag`zini qilishib xazm,
Kulishadi anjanchasiga. {x4}
Har guzarida bitta choyxona,
Otamlashgan nuqta choyxona, (x2)
Asakada “Cho`ntak” choyxona,
Choylashadi anjanchasiga. {x4}
“Bog`im bor”ga zo`rlar o`ynaydi,
Sho`xrog`idan ayt, deb qo`ymaydi. (x2)
Qorin to`yar, ko`ngil to`ymaydi,
Shinavanda anjanchasiga. {x4}
Savdogarlar pulni “soqqa” deb,
Yurt kezishar bola-chaqa deb. (x2)
“E ishano`ring, bizga aka” deb,
Kiydiradi anjanchasiga. {x4}
Bilmaganlar Dardoqqa kelsin,
Oyim, Shirmonbuloqqa kelsin, (x2)
Devziradan qo`ling o`rgilsin,
Oshlashadi anjanchasiga. {x4}
Musofirlik Boburdan meros,
Shoirlari bevafo biroz.
Musofirlik Boburdan meros,
Xofizlari bevafo biroz.
Topaman deb, topaman deb poytaxtda e`zoz,
Yashasa ham Toshkanchasiga,
Kuylashadi anjanchasiga. {x4}
Suvlar sepib, ko`llatib qo`yib,
Rayhon isin taratib qo`yib, (x2)
Bedanani sayratib qo`yib,
Yayrashadi anjanchasiga. {x4}
Anjanliklar fe`li shunaqa,
Mehmonnavoz eli shunaqa. (x2)
Afrikalik, Parijlikni ham
Oshna deydi anjanchasiga. {x4}