Ozodbek Nazarbekov - Aytib ber qo`shiq matni
Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murg`ak jonin qaytib ber.
Ular seni o`ldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber. (x2)
Notinch yurtning peshonasi sho`r o`g`li,
Dunyo ahlin zor yig`latgan zo`r o`g`li.
Endigina 3 yosh eding, go`r og`li,
Hammasini Allohimga aytib ber.
Aytgin barcha shaytonga ulfatlarni,
Yosh boshingga tushgan g`am-kulfatlarni.
O`laksalar izlagan kalxatlarni,
Hammasini Allohimga aytib ber. (x2)
Tug`ilsayding O`zbek degan millatda,
Yashar eding minnati yo`q rag`batda.
Hurgina jon, endi borib jannatda
Hammasini, hammasini aytib ber.
Notinch yurtning peshonasi sho`r o`g`li,
Dunyo ahlin zor yig`latgan zo`r o`g`li.
Endigina 3 yosh eding, go`r og`li,
Hammasini Allohimga aytib ber.
Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murg`ak jonin qaytib ber.
Ular seni o`ldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber.