Ozodbek Nazarbekov - Begoyim qo`shiq matni

Yo’llarimga gul to’kib
Keling demang guloyim,
Dilim og’ritib ketib
Begim demang, Begoyim,
Begim demang, Begoyim. (x2)

Siz quvnagan ko’chalar,
Biz yig’lagan kechalar,
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang, Begoyim. (x2)

Ishq shahrining darchasi
Menga yopiq barchasi,
Oh, xiyonat zarbasi,
Begim demang, Begoyim,
Begim demang, Begoyim.

Endi qadrimiz bilib,
Yig’laysiz qaytib kelib,
Poyimizga yiqilib,
Begim demang, Begoyim,
Begim demang, Begoyim.

Siz quvnagan ko’chalar,
Biz yig’lagan kechalar,
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang, Begoyim. (x2)

Nozikkina bilaklar
Endi kimni ermaklar,
Menga aytmang ertaklar,
Begim demang, Begoyim,
Begim demang, Begoyim. (x2)

Yo’llarimga gul to’kib,
Keling demang guloyim,
Dilim og’ritib ketib,
Begim demang, Begoyim,
Begim demang, Begoyim.

Siz quvnagan ko’chalar,
Biz yig’lagan kechalar,
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang, Begoyim. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]