Ozodbek Nazarbekov - Boshta havodur qo`shiq matni

Sochiyu qoshiyu ko`zidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur. (x2)

Qosh yosi bila ul qora ko`z g`amza o`qini
Ushshoqdin o`zga sorig`a otsa xatodur.

Gar chin desangiz, ko`zi oning ohui Chindur, (x2)
Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur. (x2)

Sochiyu qoshiyu ko`zidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Evrulsam oning boshig`a, topshursam onga jon,
Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.

Ishq ichra yoshurg`on yurakim qonini, vahkim, (x2)
Bu seli sirishkim bori olamg`a yoyodur. (x2)

Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —
Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur. {x2}

Sochiyu qoshiyu ko`zidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]