Ozodbek Nazarbekov - Chiroyligim qo`shiq matni

Bahor bo’lib gullar ochsam,
Dimog’ingga ifor sochsam,
San gul bo’lsang, manchi bulbul,
Qush bo’lib yoningga uchsam. (x2)
Qush bo’lib yoningga uchsam.

Chiroyligim, chiroyligim,
San hammadan oyligim.
Chiroyligim, chiroyligim,
San hammadan oyligim.

Uchar gilam yasar edik,
Osmonlarda suzar edik. (x2)
Ishq mayidan sarmast bo’lib,
Falaklarni kezar edik.

Bahor bo’lib gullar ochsam,
Dimog’ingga ifor sochsam,
San gul bo’lsang, manchi bulbul,
Qush bo’lib yoningga uchsam.

Yashar edik dil ohida,
Yashnar edik ishq bog’ida,
Asrar edik muhabbatni,
Ko’ngillarning ardog’ida.
Asrar edik muhabbatni-ey,
Ko’ngillarning ardog’ida.

Bahor bo’lib gullar ochsam,
Dimog’ingga ifor sochsam,
San gul bo’lsang, manchi bulbul,
Qush bo’lib yoningga uchsam.

Chiroyligim, chiroyligim,
San hammadan oyligim.
Chiroyligim, chiroyligim,
San hammadan oyligim.
San hammadan oyligim.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]