Ozodbek Nazarbekov - Devona oshiq qo`shiq matni

Gulim, mehr ko’zda degani yolg’on,
Qancha ko’rishmasak, shuncha qadrdon. (x2)
Mening dilimda o’chmas chaqinsiz,
Qancha uzoq bo’lsak, shuncha yaqinsiz. (x2)

Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana?
Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana?

Yodimda kechagi sho’xliklaringiz,
Ko’ksimni kuydirgan kipriklaringiz. (x2)
Siz o’sha orzusi oydan oydin qiz,
Siz o’sha kulgusi qo’ng’irog’imsiz. (x2)

Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana?
Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana?

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim. (x2)
Siz meni ko’klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz. (x2)

Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana?
Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana? (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]