Ozodbek Nazarbekov - Devonaman qo`shiq matni

Necha yilkim men sening
Ishqingda behad yonaman,
Na firoq dashtidaman,
Na ishq mayingdan qonaman. {x2}

Kelmasang gar ko`zlarim
Yo`lingga zor, hayronaman.
Senki shami shu`ladursan,
Men senga parvonaman. {x2}

Men muhabbat nazmida
Bir shoiri devonaman.
Necha yilkim men sening
Ishqingda behad yonaman.

Na firoq dashtidaman,
Na ishq mayingdan qonaman.
Kelmasang gar ko`zlarim
Yo`lingga zor, hayronaman. {x2}

Tinglayurman jon ila
Jonga malham bir so`zing,
Ko`kragimga tig` urar
Ul qaro ikki ko`zing. {x2}

Bu vafo dunyosida
Biru borimsan o`zing,
Ey sanam, hajringda afgor,
Bir dili vayronaman. {x2}

Kel go`zal, bir zumga o`ltir,
Ketma yonimdan yiroq.
Yuragim o`t ichra qoldi
Seni bir ko`rgandayoq.

Bu g`arib, o`ksik dilimga
Yoqgil endi sen chiroq,
Qiynama, kel endi mahvash,
Bir g`arib g`amxonaman.

Bir shoiri devonaman…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]