Ozodbek Nazarbekov - Erkak kishini qo`shiq matni

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini – (x2)
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til,
To`xtatadi yurib turgan ishini. (x2)

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikkita do`sti bor erkak kishini –
Biri oilasi va xalol mehnat,
Shular bo`lsa egib yurmas boshini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki omadi bor erkak kishini –
Vafodor ayol va eng sodiq bir do`st,
Yo`qsa hayot sindiradi tishini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikkita qarzi bor erkak kishini –
Biri onasidan, biri vatandan,
Shu ishga sarflasin bilak kuchini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki boyligi bor erkak kishini –
Biri farzandidir, ikkinchisi bu
Xotirjamlik qaritmaydi yoshini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki qanoti bor erkak kishini –
Birinchisi iymon, keyin sog`likdir,
Shular keltiradi omad qushini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikkita baxti bor erkak kishini –
Ayol emas, erkak bo`lib tug`ilgan,
Ikkinchisi olar ayol hushini.

Ahad Qayum aytar biling, ey do`stlar:
Ikki ustuni bor ijod ahlini –
Biri chin muhlislar va iste`doddir,
San`atkor shulardan sezar baxtini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini –
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til
To`xtatadi yurib turgan ishini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do`stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]