Ozodbek Nazarbekov - Hay mayli qo`shiq matni
Xato o`tar goh sendan, goh mendan,
 Sevgi xafa goh sendan, goh mendan. (x2)
 Sevamanda Majnun kabi, sen – Layli,
 O`zing Layli, hay mayli. (x2)
Yarashar qiynoqlaring,
 Labdagi titroqlaring,
 Shundan jonim yayraydi,
 Kel, Layli.
Sog`inch yomg`ir tinmaydi,
 Ko`zlar seni so`raydi,
 Qara ne qilding meni,
 Sen Layli.
Gumon qilsak yo`llarimiz ayrilar,
 Xayol keyin har qayoqqa daydilar. (x2)
 Oshiq bir kun kulsa, uch kun yig`laydi,
 Yig`laydi, hay mayli.
Yarashar qiynoqlaring,
 Labdagi titroqlaring,
 Shundan jonim yayraydi,
 Kel, Layli.
Sog`inch yomg`ir tinmaydi,
 Ko`zlar seni so`raydi,
 Qara ne qilding meni,
 Sen Layli.
Ko`rgim kelar seni yorim kunda man,
 Soya bo`lib, qayda bo`lsang shundaman. (x2)
 Goho achchiq, goh shirin sevgi sayli,
 Sevgi sayli, eh mayli.
Kulib yurgin yorim, faqat yig`lama,
 Sog`intirma, bo`ldi meni qiynama. (x2)
 Ammo sevgi sog`inchlarsiz bo`lmaydi,
 Bo`lmaydi, hay mayli.
Yarashar qiynoqlaring,
 Labdagi titroqlaring,
 Shundan jonim yayraydi,
 Kel, Layli.
Sog`inch yomg`ir tinmaydi,
 Ko`zlar seni so`raydi,
 Qara ne qilding meni,
 Sen Layli.

