Ozodbek Nazarbekov - Nega uchrashdik qo`shiq matni

Endi sen o`zganing sevikli yori,
Bosh olib ketaman sendan yiroqlab.
Endi sen qalbimning mangu armoni,
Lek ko`nglim yonadi seni so`roqlab.

Endi sen qalbimning mangu armoni,
Lek ko`nglim yonadi seni so`roqlab.

Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?
Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?

Kuygan bu ko`ngilning aybi ne edi?
Nechun ayrildim men yetmay vaslingga?
Suygan bu ko`ngilning aybi ne edi?
Nechun ayrildim men yetmay vaslingga?
Bugun o`zga yoring yoningda seni, {x2}
Bu savol azob berar mening qalbimga. {x2}

Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?
Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?

Yuragim tilkalar hijron xanjari,
Sendan yiroqlashib ketganim sari. (x2)
Ko`nglimni o`rtaydi so`ngsiz bir qiynoq,
Tinchlik bermaydi sira yana shu so`roq.

Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?
Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?

Nega uchrashdik, jonim, birga bo`lmasak?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]