Ozodbek Nazarbekov - Onam bo’lsaydi qo`shiq matni

Yarim ko`nglim qani to`lsaydi,
Go`dak qalbim diydor qo`msaydi,
Sochlari oq, hasta bo`lsa ham
Orangizda onam bo`lsaydi. (x2)

Xo`p yosh edim, yosh qolib ketdim,
Ko`zlarimda yosh qolib ketdim,
Yosh boladay erkalab aytdim,
Orangizda onam bo`lsaydi.
Yosh boladay erkalab aytdim,
Orangizda onam bo`lsaydi.

Onasi bor ko`ngli oydami,
Davralarda yoki to`ydami,
So`nggi qator, so`nggi joydami
Orangizda onam bo`lsaydi.

Farzandlarin to`yin ko`rmagan,
Nabiralar bo`yin ko`rmagan,
Hech bo`lmasa qirqqa kirmagan,
Orangizda onam bo`lsaydi.

Yarim ko`nglim qani to`lsaydi,
Go`dak qalbim diydor qo`msaydi,
Sochlari oq, hasta bo`lsa ham
Orangizda onam bo`lsaydi.

Sochlari oq, hasta bo`lsa ham
Orangizda onam bo`lsaydi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]