Ozodbek Nazarbekov - Otam qo`shiq matni

Suyanganim, tog’im, derdi sizni onam,
Yashnab turgan bog’im, derdi sizni onam. (x2)
Bu dunyoda, hatto, aziz otamdan ham,
Mening yaxshirog’im, derdi sizni onam. (x2)

Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.
Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.

Siz yonimda boyligimsiz, kimdan kamman?
Duoyingiz bilan elda mukarramman. (x2)
Xonadonim chirog’isiz, shul sababdan
Ko’cha-ko’yda yurganimda xotirjamman. (x2)

Goho shodon, goho dardli nolamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.
Goho shodon, goho dardli nolamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.

Ota desam, yayragaydir zabonlarim,
Siznikidir surgan davru-davronlarim. (x2)
Sizni quchib, bobom, deya erkalasa,
Quvonaman, jonim qizim, o’g’lonlarim. (x2)

Onam, onam, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.
Opam, singlim, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.

Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz…скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ozodbek Nazarbekov - Otam qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzod Murodov - Onam xirom etganda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Nasiba Abdullaeva - Azizim onam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:46Скачать
Jasur Umirov - Onam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:39Скачать
Dilso`z - Onam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать
Bahriddin Zuhriddinov - Ota-ona qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:24Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.