Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och qo`shiq matni

Ey qaldirg`och, qayga shoshasan,
Chug`urlaysan, nedan xafasan? (x2)
Ayvoniga in solgan qushni
Kutgan elni qaydan topasan,
Bunday elni qaydan topasan?

Iningdan xas tushsa, avaylab
O`z o`rniga qo`yadi joylab. (x2)
Polaponing uchishin poylab
Turgan elni qaydan topasan,
Bunday elni qaydan topasan?

Ey qaldirg`och, ey qaldirg`och,
Bunday yurtga bag`ringni och.
Ey qaldirg`och, ey qaldirg`och,
Bunday elga bag`ringni och.

Bu bir elki, bag`rikeng, hotam,
Yetti o`lchab, tashlaydi qadam.
Bo`lsa hamki dilida ming g`am,
Kulgan elni qaydan topasan?

Bo`lsa hamki dilida ming g`am,
Kulgan elni qaydan topasan?
Bunday elni qaydan topasan?

Ey qaldirg`och, ey qaldirg`och,
Bunday yurtga bag`ringni och.
Ey qaldirg`och, ey qaldirg`och,
Bunday elga bag`ringni och.

O`nta bo`lsa, o`rni bo`lak deb,
Bir kun bo`lar menga tirgak deb,
El tinchiga o`g`lon kerak deb,
Tuqqan elni qaydan topasan?

Kelmay qolsa uyiga mehmon,
Joni halak, yugurar har yon.
Qush sayrasa, tunda turib non
Yopgan elni qaydan topasan,
Bunday elni qaydan topasan?

Ey qaldirg`och, ey qaldirg`och,
Bunday yurtga bag`ringni och.
Ey qaldirg`och, ey qaldirg`och,
Bunday elga bag`ringni och.

Ey qaldirg`och, qayga shoshasan?
Ey qaldirg`och, qayga shoshasan?
Qayga shoshasan?скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - Turnalar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Yulduz Usmonova - Qaldirg’och qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Botir Qodirov - Qaldirg'och128 kbps18-10-2016, 12:49Скачать
Sherali Jurayev - Qaldirg'och128 kbps2-01-2015, 12:03Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg'och128 kbps24-12-2014, 13:15Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.