Ozodbek Nazarbekov - Qancha qo`shiq matni
Kirmoqchi bo`larlar yuragimgacha,
 Nohushlik qilsamda maqtab tonggacha, (x2)
 Xudo ko`rsatmasin yiqilsam agar,
 Mening atrofimdan qochganlar qancha?!
Barchani muzlatgan qorsan deydilar,
 Yaxshiyam dunyoda borsan deydilar,
 Lochin yo`lda qolar sorsan deydilar,
 Qarang osmonimda uchganlar qancha?!
Sirimni o`girlab, mehrim o`girlab,
 Xatoyim to`g`irlab, dilim sehrlab,
 Kelib qulog`imga asta pichirlab,
 Yechilmas tugunni yechganlar qancha?!
Dardlarim yotadi titrab tanamda,
 Bitirar ishini ko`ngil xonamda,
 Jigardan yaqinim deb ostonamda,
 Maqtab sharobimni ichganlar qancha?!
 Maqtab sharobimni ichganlar qancha?!
Ishondim ko`zdagi yoshlarin artib,
 Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib,
 Belimda kuch qolmay qolsam gar qarib,
 Darrov kafanimni bichganlar qancha?!
G`iybat eshigini yopdim qiynalib,
 Yopguncha ming bora ketdim loylanib,
 Sochi suluvlarga qolsam boylanib,
 Yana shu eshikni ochganlar qancha?!
 Yana shu eshikni ochganlar qancha?!
Ko`plarim bilmaysiz dardim ichimda,
 Dard bor san`atimdan olgan kuchimda, (x2)
 G`am bilan to`qnashgan har bir kunimda,
 Bir-bir xayolimdan o`tganlar qancha?!
O`shal g`animlarga zo`rlik qilmayman,
 Omonlik tilayman, sog`lik tilayman,
 Bilmaysiz do`stlarim men ham bilmayman,
 Sodiq do`stlaridan kechganlar qancha?!
Bilmaysiz do`stlarim men ham bilmayman,
 Sodiq do`stlaridan kechganlar qancha?!
Maqtab sharobimni ichganlar qancha,
 Darrov kafanimni bichganlar qancha,
 Muhammad Omondan kechganlar qancha?!

