Ozodbek Nazarbekov - Qaro ko’zim qo`shiq matni

Yegan oshing zaharmidi,
Topsang ushshoq gavharmidi,
Zorlik shomu-saharmidi?
Ko`ngli yarim qaro ko`zim,
Yurak-bag`ri yaro qo`zim,
Qaro ko`zim.

Yosh boshing alam qaritdi,
Ko`zyoshing yolg`izlik artdi,
Seni yetim deb kim aytdi?
Ko`ngli yarim qaro ko`zim,
Yurak-bag`ri yaro qo`zim,
Qaro ko`zim, qaro ko`zim.

Senga to`le kulmasmidi,
Podsho bo`lsang bo`lmasmidi,
Jigaring och o`lmasmidi?
Ko`ngli yarim qaro ko`zim,
Yurak-bag`ri yaro qo`zim,
Qaro ko`zim.

Boshqalarga havas qilib,
Suratni onaday bilib,
Devorga qo`yibsan ilib.
Ko`ngli yarim qaro ko`zim,
Yurak-bag`ri yaro qo`zim,
Qaro ko`zim, qaro ko`zim.

Qorlar erib bahor qaytdi,
Seni yetim deb kim aytdi?
Bir kul motamsaro qo`zim,
Ko`ngli yarim qaro ko`zim-ey,
Yurak-bag`ri yaro qo`zim,
Qaro ko`zim, qaro ko`zim.
Qaro ko`zim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]