Ozodbek Nazarbekov - Rayhonidur qo`shiq matni

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G`uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur. (x2)

Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida, (x2)
Gul uza ag`nar, magar ul ikkining davronidur. (x2)

O`qi zaxmini ko`rub har yon tanimda, el degay —
Kim, bu ko`hi dardning ul lolai nu`monidur.

Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko`zumning yoshidur!
Ra`d emasdur ko`kka chirmashqon — ko`ngul afg`onidur!

E, lojaram, bo`lg`ay parishonu xavoyi men kibi
Zarra yanglig` kimki bir xurshid sargardonidur. {x2}

Ul pari ishqida, Bobur, ko`nglum andoq telbadur —
Kim, sochi zanjiridur, chohi zaqan zindonidur. {x2}

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G`uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur.

Ikki labi xandonidur, ikki labi xandonidur…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]