Ozodbek Nazarbekov - Seniki qo`shiq matni

Men senga dunyolar bermadim,
Yorim deb ko’ksimni kermadim, (x2)
Sen uchun bog’dan gul termadim,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Oshiq dil misoli devona,
Unga bu dunyolar begona, (x2)
Xayolim boshingda parvona,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Osmonim bulutli gohida,
Lek nur bor ko’nglimning toqida, (x2)
Ko’rayin vujudim sog’ida,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Erta-kech gul kutib o’ksima,
Hayotim oldida gul nima? (x2)
Kelib bosh qo’ysang bas ko’ksima,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Men senga dunyolar bermadim,
Yorim deb ko’ksimni kermadim, (x2)
Sen uchun bog’dan gul termadim,
Olaver hayotim seniki.
Seniki…




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shahzod guruhi - Senga qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Shahlo Ahmedova - Ko’nglim senda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Firdavs - Xayolim yor o’zing qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:32Скачать
Manzura - Seniki bo'lay (Video klip)128 kbps19-10-2016, 15:12Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Hayotim seniki128 kbps24-12-2014, 13:19Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.