Ozodbek Nazarbekov - Sening darding qo`shiq matni
Agar men har qayon bo`lsam, ko`ngil sendan judo bo`lmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo`lmas. (x2)
Tilarman vaslini tinmay, necha yillar yurib sarson, (x2)
Borib ayting, o`shal yorga, judoliqdek balo bo`lmas. (x2)
Xaloyiqlarki ayturlar, bu dardingga davo yo`qtur,
O`zidin o`zga, ey do`stlar, menga hech bir davo bo`lmas.
O`zidin o`zga, ey do`stlar, menga hech bir davo bo`lmas.
Manam Mashrab kecha kunduz, firoq dardida yig`larman, (x2)
Magar ma`shuq yuzin ko`rmoq bu dunyoda ravo bo`lmas. (x2)
Agar men har qayon bo`lsam, ko`ngil sendan judo bo`lmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo`lmas.
Sening darding ado bo`lmas…
Читать также
Комментарии (0)