Ozodbek Nazarbekov - Shaydo qilibsen qo`shiq matni
Yana ko`z uyida ma`vo qilibsen,
Ko`ngul koshonasida jo qilibsen. (x2)
Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen. (x2)
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.
Daryo qilibsen, daryo qilibsen,
Ko`zumning yoshini daryo qilibsen.
G`aming yo`q jon agar bersam g`amingda,
O`zungni buncha beparvo qilibsen. (x2)
Qoshingdin meni o`qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen. (x2)
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.
Daryo qilibsen, daryo qilibsen,
Ko`zumning yoshini daryo qilibsen.
Ko`zumdin yoshurib, ey bahri altof,
Ko`zumning yoshini daryo qilibsen. (x2)
Daryo qilibsen, daryo qilibsen,
Ko`zumning yoshini daryo qilibsen.
Sog`inmas jannat-ul-ma`voni Bobur,
Oning ko`nglida to ma`vo qilibsen. (x2)
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.
Daryo qilibsen, daryo qilibsen,
Ko`zumning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen…