Ozodbek Nazarbekov - Yana man qo`shiq matni

Kim meni deb yig`ladi, kimdir kechirdi,
Kimning dardi menga og`u ichirdi.
Kimdir yuragidan-ey butkul o`chirdi,
Oxir hammasiga bir-bir ko`ndim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.

Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.

Yurakka nimadir botib bormoqda,
Alamlar qatma-qat ortib bormoqda.
Borib-borib bag`rim qotib qolmoqda,
Hattoki dunyodan sovib qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.

Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.

Kelib ko`r ko`ksimda nishlar izi bor,
Tillarim uchida tishlar izi bor.
Yelkamda ikkita qushlar izi bor,
Qush edim, qaylarga bilmay qo`ndim man?

Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o`ylasam faqat yondim man,
Bir seni kuylasam faqat yondim man.

Sevib qoldim man, faqat yondim man…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]