Ozodbek Nazarbekov - Yig’larman qo`shiq matni

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)

Senga rozi dilim izhor etib, so’ylar majolim yo’q, (x2)
Parishon holu, sargardonu-dilafgor yig’larman.

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)

Yuzing shamsu-zihi, mohi-munavvar, ey paripaykar,
Labing la’lu, visoling shaxdu-shakarvor, yig’larman.

Xating bog’u-bahoru, lolayu, sarvi-suman erdi,
Ki, menchun bulbuli sho’riday gulzor, yig’larman.

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)

Ko’ray deb orzu birla, jamolingni men, ey zebo,
Turubdurman eshigingda ayo g’am xor, yig’larman. (x2)

Ko’zimdan mavj urib, seyloba ashkim to’la qon oqdi,
Agar yodimga tushsang, ey, pari ruxsor yig’larman. (x2)

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)
Yig’larman…


Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]