Ozodbek Nazarbekov - Yorim, jonim qo`shiq matni

(Yorim…)
Endi men ko`nglimni uzolmayman,
Ahd qildim, ahdimni buzolmayman.
Hijronli kunlarni cho`zolmayman,
Ko`nglimning so`ziga kiraveraman,
Yana seni yaxshi ko`raveraman,
Yorim, jonim, yorim.

Qaxr bilan dedim o`zimdan o`zim,
Yoningga qaytmayman – shu so`nggi so`zim!
Hech kimga bermayin, ey shahlo ko`zim,
Sog`inchli qo`shig`im aytaveraman,
Ketsam ham yoningga qaytaveraman,
Yorim, jonim, yorim.

So`zingni tinglasam – ranjibsan biroz,
Ko`nglingni bilmayin qiynaganim rost.
Yoningda bo`layin, qilma e`tiroz,
Yorim, jonim.
Olmasang yana gul tutaveraman,
Mehrni o`zingdan kutaveraman.
Yorim, jonim, yorim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]