Rayhon - Aldangan yurak qo`shiq matni

Nega bog`im gul ochmaydi,
Nega holim o`nglanmaydi,
Amalimni hech bir fayzi yo`q?
Nega qalbim quvonmaydi,
Nega yaram yozilmaydi,
Dardlarimga hech bir davo yo`q?

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zo`ri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bag`rim ming bo`lak.

(Qalbim yig`lar) unda dodu-faryod o`rtar,
(Dardim tig`lar) sinab bag`rimni. (x2)

Sevdim ammo sevilmadim,
Tilab diydor ko`rolmadim,
Behuzurman, yonib o`charman.
Yo`limni izlab topmadim,
Yaqinimga xush kelmadim,
Beqarorman, gulday so`narman.

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zo`ri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bag`rim ming bo`lak.

(Qalbim yig`lar) unda dodu-faryod o`rtar,
(Dardim tig`lar) sinab bag`rimni. (x2)

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zo`ri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bag`rim ming bo`lak.

(Qalbim yig`lar) unda dodu-faryod o`rtar,
(Dardim tig`lar) sinab bag`rimni. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]