Rayhon - Baxtli bo’laman qo`shiq matni

So`rayman osmonimdan,
So`rayman yuragimdan –
Baxtiyor quvonchim qayda bor?
Baxtiyor kunlarim qayda bor?
Izlayman umrbod.

Baxt yiroqlardamisan?
Yo yaqinlardamisan?
Bog`u-tog`lar ortidamisan,
Yoki tanu jonimdamisan?
Baxt qaydadir borsan.

Baxtli bo`laman
Albatta qachondir,
Baxtli bo`laman
Hayotimda man. (x2)

Tong nurlarin sochadi,
Tun bardoshim beradi.
Tunlar ichida qalbim vayron,
Qalbim ichida to`la armon,
Baxtim nega kelmas?

Tonsam ham nega kelmas?
Yonsam ham nega kelmas?
Bundan ortiq chiday olmayman,
Netayin men chiday olmayman?
Baxt qaydadir borsan.

Baxtli bo`laman
Albatta qachondir,
Baxtli bo`laman
Hayotimda man. (x2)

So`rayman osmonimdan,
So`rayman yuragimdan –
Baxtiyor quvonchim qayda bor?
Baxtiyor kunlarim qayda bor?
Izlayman umrbod.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]