Rayhon - Bombey qo`shiq matni

Erkaliklarimga chidolmasang agar,
Ketaver, ketaver, kim senga yalinar?
Hindiston go`zali yondiribdi diling,
Bor ana, bor ana ochiq hamma yo`ling.

Sen aytgan u go`zallar
Senga qayrilib ham qaramas,
Hindistonning qizlari
Bizning odatlarga yaramas.

Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Hali yetolmaysan, mendan ketolmay.
Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Xayolga berilma, men deb kerilma.

“Mere zindagi” deb joningni oladi,
Zor etib, xor etib ming ko`yga soladi.
Xohlasang ketaver, o`ylama men rozi,
Har yerda, har yerda bor toshu tarozi.

Sen aytgan u go`zallar
Senga qayrilib ham qaramas,
Hindistonning qizlari
Bizning odatlarga yaramas.

Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Hali yetolmaysan, mendan ketolmay.
Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Xayolga berilma, men deb kerilma. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]