Rayhon - Imkon qo`shiq matni

Yolg’iz bo’lib keldim dunyoga,
Yolg’iz bo’lib ketaman yana.
Ammo yashayotgan umrimda
Tanho bo’lib yashamay, Xudo.
Axir sevgisiz bemazmun bu dunyo.

To’xtamasdan o’tar lahzalar,
Daqiqa soatga aylanar.
Xayolimda goho o’ylayman:
Bu dunyoda men o’zim uchun
Nima qildim? To’xta hayot bir zum.

Menga imkon ber hayot,
Sen menga imkon ber hayot,
Yashashimga, kuylashimga,
O’tmagin ko’z ochib yumsam. (x2)

Kapalak bir kun yashasa ham
Hech qachon qilmas unga alam –
Unga mehrini berar gullar.
Mendagi esa bedor tunlar
Qachon o’tar, baxtim qachon kelar?

Menga imkon ber hayot,
Sen menga imkon ber hayot,
Yashashimga, kuylashimga,
O’tmagin ko’z ochib yumsam. (x2)

Men hali aytmagan qo’shiqlar
Yuragim tubida yosh to’kar,
Ularni kuylashga
Ber imkon hayot.

Menga imkon ber hayot,
Sen menga imkon ber hayot,
Yashashimga, kuylashimga,
O’tmagin ko’z ochib yumsam. (x2)

Yolg’iz bo’lib keldim dunyoga,
Yolg’iz bo’lib ketaman yana…




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Manzura - Sevardim takror qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:18Скачать
Shahlo Ahmedova - Yodimda o’zing qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Lola Ahmedova - Xokisor bo’l qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:42Скачать
Hayot - Hayot128 kbps17-06-2015, 22:45Скачать
FM - Imkon ber128 kbps17-06-2015, 19:45Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.