Rayhon - Izlama qo`shiq matni
Dona-dona zor ko`zlarimda tomchi yoshlar,
Bora-bora yor yuragimda qayg`u-g`amlar.
Zor-zor yig`lar asta-asta yolg`izlikdan,
Yuragim ezar, lekin endi sen…
Izlama, yo`llaringdan endi meni izlama,
Ayblama, o`zing tark etib, endi meni ayblama.
Izlama, tushlaringdan endi meni izlama,
So`zlama, yolg`on sevgingni endi menga so`zlama.
Yo`llarim uzoq, foydasiz, o`zing urintirmagin,
Qiynasa firoq, meni aslo endi sog`inmagin.
Bo`ldi endi kech, qilgan xatolaring o`zgarmaydi,
Qaytma endi hech, orzuingdan endi kech.
Izlama, yo`llaringdan endi meni izlama,
Ayblama, o`zing tark etib, endi meni ayblama.
Izlama, tushlaringdan endi meni izlama,
So`zlama, yolg`on sevgingni endi menga so`zlama.
Qani edi sarob bo`lsa, bu azoblar unut bo`lsa,
Yolg`izlikka yurak ko`nsa, afsus endi kech.
Izlama, yo`llaringdan endi meni izlama,
Ayblama, o`zing tark etib, endi meni ayblama.
Izlama, tushlaringdan endi meni izlama,
So`zlama, yolg`on sevgingni endi menga so`zlama.