Rayhon - Men nechun yaraldim qo`shiq matni

Ko`zlarim ochig`u ko`ra olmayman,
Oyoqlarim butun, yura olmayman,
Qaddim raso, lekin tura olmayman –
Men nechun yaraldim, Allohim?

Qayda qolar mening dodu fig`onim?
Javobsiz qolg`aymu tag`in so`rog`im?
Dunyolarni yutar chanqoq qarog`im,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?

Bir jahonim, jonim yo`q mening,
Bir oshig`im, yorim yo`q mening,
Bir xanjar ur, qonim yo`q mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x2)

Mening hech kimim yo`q, Allohdan boshqa,
Mening hech narsam yo`q, o`zimdan boshqa,
Ko`ngilda ne qoldi bir toshdan boshqa,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?

Bir jahonim, jonim yo`q mening,
Bir oshig`im, yorim yo`q mening,
Bir xanjar ur, qonim yo`q mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]