Rayhon - Nega qo`shiq matni

Nega, ayting axir nega,
Muhabbat bor dunyoda?
Nolalarim samoda…

Ko`rinar yana olisda yulduz,
Qarayman unga yolg`iz.
Tark etding hayotim,
Davom etmoqda sensiz.

Afsuslar ichra yonadi qalbim,
Samolarga teng dardim.
O`rtaydi bir savol,
Tugadi sabrim.

Nega, ayting axir nega,
Muhabbat bor dunyoda
Nolalarim samoda
Faryod aylar.

Nega, ayting axir nega,
Buncha azob muhabbat,
Sevgisiz bo`lmas yashab?
Anglamadim.

Bir o`yin ekan aslida sevgi,
Angladim buni endi.
Sen o`ynading g`irrom,
Azobga solib meni.

Kim o`ylab topgan sevgini o`zi?
Ko`r ekan uning ko`zi.
Sehrlab qo`yarkan
Yolg`onli so`zi.

Nega, ayting axir nega,
Muhabbat bor dunyoda
Nolalarim samoda
Faryod aylar.
Nega, ayting axir nega,
Buncha azob muhabbat,
Sevgisiz bo`lmas yashab?
Anglamadim. (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]