Rayhon - O’rgandim qo`shiq matni
Xazonlar ostida
Qoladi bizlarning xiyobon,
Orzular o`rnini
Egallar asta-sekin armon.
Saroblarga aylanar
Sevgimiz mayin yaralar
Bedor bu ko`nglimni,
Endi bizning muhabbat
Bizlarsiz izlar yo`lini.
O`rgandim unutishni o`zim,
O`rgandim ko`nikishni o`zim.
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bag`ritoshlikni.
O`rgandim unutishni o`zim,
O`rgandim ko`nikishni o`zim.
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bugun senday bag`ritoshlikni.
Seni deb to`kilgan
Yoshlarga achinaman bugun,
Yashar edim faqat
Men seni baxtli qilish uchun.
Hotiraga aylanar
Birma-bir sen bilan o`tgan
O`sha go`zal damlar,
Bugun esa qalbimda
Sevgimiz o`rnida alamlar.
O`rgandim unutishni o`zim,
O`rgandim ko`nikishni o`zim.
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bag`ritoshlikni.
O`rgandim unutishni o`zim,
O`rgandim ko`nikishni o`zim.
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bugun senday bag`ritoshlikni.
O`rgandim… O`rgandim…
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bag`ritoshlikni.
O`rgandim unutishni o`zim,
O`rgandim ko`nikishni o`zim.
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bag`ritoshlikni.
O`rgandim unutishni o`zim,
O`rgandim ko`nikishni o`zim.
Sendan men o`rganmoqdaman yana
Bugun senday bag`ritoshlikni.