Rayhon - O’rtamizda qo`shiq matni
Quyoshli kunlar o`tar,
 Qushlar ham uchib ketar,
 Bizning quyoshli damlar
 Nahot bizni tark etar?
Quyoshli kunlar qaytar,
 Qushlar ham qo`shiq aytar,
 Qaytarmikan o`shanda
 Bizning quyoshli paytlar?
O`rtamizda sahro –
 Kezib o`tib bo`lmaydi,
 O`rtamizda daryo –
 Suzib o`tib bo`lmaydi.
O`rtamizda devor yo`q,
 O`tib lekin bo`lmaydi,
 O`rtamizda g`ubor yo`q,
 Lekin yetib bo`lmaydi.
O`rtamizda sahro,
 O`rtamizda daryo,
 O`rtamizda devor yo`q,
 O`rtamizda g`ubor yo`q,
 Yetib bo`lmaydi.
Uchrashmasak hamki,
 Ko`ngillar yaqin,
 Uchrashganda, jonim,
 Ko`zlarda chaqin.
Uchrashmasak hamki,
 Dil uzib bo`lmas,
 Uchrashganda, jonim,
 Qo`l cho`zib bo`lmas.
O`rtamizda sahro –
 Kezib o`tib bo`lmaydi,
 O`rtamizda daryo –
 Suzib o`tib bo`lmaydi.
 O`rtamizda devor yo`q,
 O`tib lekin bo`lmaydi,
 O`rtamizda g`ubor yo`q,
 Yetib bo`lmaydi.
 O`rtamizda sahro,
 O`rtamizda daryo,
 O`rtamizda devor yo`q,
 O`rtamizda g`ubor yo`q,
 Yetib bo`lmaydi. (x2)

