Rayhon - O’zbek qo`shiq matni

G’ururga boy o’zbek, qudratga boy o’zbek,
Nigohlari yonib turar, u-u.
Buyuk Turon – o’zbek, Sohibqiron – o’zbek,
Tomirimda qoning yurar, u-u.

Yuzida tabassum, qalbi pok erur,
Mehrdan yaralgandek.
Asrlarga meros qudratlidir,
Tarixga boy xalq o’zbek.

Biz ham yashaylik bir o’rnak bo’lib,
Kelajak faxrlansin.

G’ururga boy o’zbek, qudratga boy o’zbek,
Nigohlari yonib turar, u-u.
Buyuk Turon – o’zbek, Sohibqiron – o’zbek,
Tomirimda qoning yurar, u-u.

Kimda bo’lsa mendek yurtga mehr,
Keling, birdam bo’laylik.
Kelajagi buyuk o’zbegimga
O’z hissamiz qo’shaylik.

Biz ham yashaylik bir o’rnak bo’lib,
Kelajak faxrlansin.

G’ururga boy o’zbek, qudratga boy o’zbek,
Nigohlari yonib turar, u-u.
Buyuk Turon – o’zbek, Sohibqiron – o’zbek,
Tomirimda qoning yurar, u-u. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]