Rayhon - Ota-ona duosi qo`shiq matni

Hech qachon tik boqmagin
Ota-onang ko`ziga,
Itoat qil ularning
Har bir so`ziga.

Ulardan oldin yurma,
Farzandlik o`rningda qol.
Safarga chiqsang avval
Duolarin ol.

Ota-ona duosi –
Yaxshiliklar dunyosi,
Biz farzandlarga bo`lsin
Hayot ma`nosi. (x2)

Hikmat bordir otaning
Aytgan barcha so`zida,
Jannat ham onalarning
Bosgan izida.

Yomg`ir bilan gul yashnar,
Duo bilan el yashnar.
Dunyoda ota-ona
Bolam deb yashar.

Ota-ona duosi –
Yaxshiliklar dunyosi,
Biz farzandlarga bo`lsin
Hayot ma`nosi. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]