Rayhon - Qayerdasan qo`shiq matni

Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o`rtanar
Yomon, yomon-ey.

Sensiz bil bemazmun tunu-kun,
Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir
Sen uchun.

Go`yo vaqt to`xtab qoladi
Bo`lmasang yonimda,
Ko`zlarim rashkdan yonadi
Ming bitta xayolda.

Kim oladi, kim oladi dardlarimni-yo,
Aylayman men nolalarim faryod,
Kim bo`ladi, kim bo`ladi ko`zimga ziyo,
Sensiz ko`zlarimga tor bu dunyo.

Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o`rtanar
Yomon, yomon-ey.

Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir, sen uchun.

Yuragim bir seni deydi,
Aybimni izlama,
Mehringni qizg`onma endi,
Sabrimni sinama.

Kim oladi, kim oladi dardlarimni-yo,
Aylayman men nolalarim faryod,
Kim bo`ladi, kim bo`ladi ko`zimga ziyo,
Sensiz ko`zlarimga tor bu dunyo.

Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o`rtanar
Yomon, yomon-ey.

Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir, sen uchun.

Kim oladi, kim oladi dardlarimni-yo,
Aylayman men nolalarim faryod,
Kim bo`ladi, kim bo`ladi ko`zimga ziyo,
Sensiz ko`zlarimga tor bu dunyo.

Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o`rtanar
Yomon, yomon-ey.

Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir, sen uchun.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]