Rayhon - Qizaloq qo`shiq matni

Tun yana, tun yana, kechalar uzun,
Tinmay har zum yiglar, ko`zlari mahzun,
Tuyg`ularda aldangan qizaloq,
Axir bu o`tkinchi firoq.

Ishq, bepoyon sevgi, bepoyon osmon,
Unda har on bo`lar orzu va armon.
Har bir sevgida qayg`u va baxt yashar,
Unda har inson adashar.

Sevgi bu o`yinmas, sevgi chin tuyg`u,
Sevgi abadiy nur.

Bedor tuyg`ular aro, bedor tunlar,
Bekor sevgidan yonib, bemor dillar.
Qalbing ranjitma, behuda ko`zyosh to`kma.

Bedor tunlarda eslab, bedor yig`lar,
Bekor bu sevgini deb bemor dillar.
Bu tuyg`u o`tar, chin sevgi seni kutar.

Dil bezovta nogoh qo`ng`iroq bo`lsa,
Sen firoqda agarda u bo`lmasa.
Darrov umidsiz o`yga tolasan,
Hayot oldinda, bilmaysan.

Ishq bepoyon, sevgi bepoyon, ishon,
Unda har on yashar orzu va armon.
Qayg`urma, chin sevging uchratasan,
Sen albat baxtli bo`lasan.

Sevgi bu o`yinmas, sevgi chin tuyg`u,
Sevgi abadiy nur.
Bedor tuyg`ular aro, bedor tunlar,
Bekor sevgidan yonib, bemor dillar.
Qalbing ranjitma, behuda ko`zyosh to`kma.
Bedor tunlarda eslab, bedor yig`lar,
Bekor bu sevgini deb bemor dillar.
Bu tuyg`u o`tar, chin sevgi seni kutar. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]