Rayhon - Seni deb qo`shiq matni

To’kiladi yo’llarimga
Beg’ubor go’zal gullar,
Yorug’ olam ko’zlarimga
Misli bir afsona bo’lar.

Chunki endi dilginamda
Sen o’zing borsan jonim,
Endi baxt bor hayotimda,
Yuragimda yondi sevgim.

Seni deb qalbim shodlanadi,
Seni deb yuragim yonadi,
Seni deb baxtiyorman,
Beg’uborim, mening sevgim. (x2)

(Baxtiyorman,
Beg’uborim, mening sevgim.)

Hech kimga sen o’xshamaysan,
Hayotimda yagonam,
Necha yillar kutganim ham,
Izlaganim ham o’zingsan.

Sen yonimda bo’lganingda
Nurga to’ladi dunyo,
Yolg’z meni tanlagansan,
Bo’lasan meniki tanho.

Seni deb qalbim shodlanadi,
Seni deb yuragim yonadi,
Seni deb baxtiyorman,
Beg’uborim, mening sevgim. (x2)

(Baxtiyorman,
Beg’uborim, mening sevgim.(x3))

Seni deb qalbim shodlanadi,
Seni deb yuragim yonadi,
Seni deb baxtiyorman,
Beg’uborim, mening sevgim. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]