Rayhon - Tabassum qil qo`shiq matni
Hayotda nedandir bo`lsang mag`lub,
Nedandir lekin bo`lasan g`olib.
Boshingni baland ko`tar,
Yaxshi-yomon kuning o`tar.
Goh ozor berar ko`nglingga sevgi,
Goh do`sting ham tushunmaydi seni.
Boshingni baland ko`tar,
Yaxshi-yomon kuning o`tar.
Topdim, javobin topdim:
Sen doim tabassum qil,
To`xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O`zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Baxt kuladi rostdan, kuladi rostdan.
Sen doim tabassum qil,
To`xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O`zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Kular dunyo rostdan, kuladi rostdan.
Bu hayot davom etadi shunday,
Bir kuni unday, bir kuni bunday,
Qalbing bo`lsa ham zabun,
Kul, dunyo kulishi uchun.
Hayot qo`llarida ermakmiz,
Lekin kimgadir juda kerakmiz,
Kulgin bo`lsa ham senda agar
Senda hozir qora kunlar.
Topdim, javobin topdim:
Sen doim tabassum qil,
To`xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O`zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Baxt kuladi rostdan, kuladi rostdan.
Sen doim tabassum qil,
To`xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O`zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Kular dunyo rostdan, kuladi rostdan. (x2)