Rayhon - To hayot ekanman qo`shiq matni

Ro’paramdan asta o’tarding,
Bildim, bir so’z aytmoqchi eding.
Lekin negadir indamading,
Qarab ko’zimga.

Nimalargadir achinarding,
Hatto ko’zingda yosh bor edi.
Judayam baxtsiz ko’rinarding,
Yig’lar yuraging.

To hayot ekanman,
Sening bir so’zingga zorman.
To hayot ekanman,
Seni sevganman.

Yillar o’tib yana
Taqdir bizni uchratganda,
Seni hech baxtsiz deb
O’ylamaganman.

Nahot meni o’ylab yashading?
Nahot mening qadrimni bilding?
Yolg’izmiding, nega aytmading,
Nega aytmading?

Seni baxtiyor deb o’ylardim,
Meni sevmaydi deb o’ylardim.
Shunday o’tib bordimi umring,
Nega aytmading?

To hayot ekanman,
Sening bir so’zingga zorman.
To hayot ekanman,
Seni sevganman.

Yillar o’tib yana
Taqdir bizni uchratganda,
Seni hech baxtsiz deb
O’ylamaganman.

O’shanda ortingdan bordim,
Ketma deya o’tinardim,
Bo’ldi, sensiz men hayotda
O’lsam kerak deb o’ylardim.

Asta-sekin bunga ko’ndim,
Armon bo’lgan orzu eding,
Orzu eding.

To hayot ekanman,
Sening bir so’zingga zorman.
To hayot ekanman,
Seni sevganman.

Yillar o’tib yana
Taqdir bizni uchratganda,
Seni hech baxtsiz deb
O’ylamaganman.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]