Rayhon - Yo Rabbim qo`shiq matni

Barglari so’ligan gullar
Tuproqda ezilar,
Hech kimsa ko’rmaydi buni,
Hech kimsa anglamas.

Aslida eng nozik dilni
Og’ritgan insonlar,
Gullarga kelarmi rahmi,
Beshafqat hayotda?

Xor bo’lib yotar,
Yerda xor bo’lib yotar
Bu gullar.

Yo Rab, Yo Rab,
Nafis chiroy qadri qaylarga yo’qoldi, yo?
Yo Rab, Yo Rab,
Insonlarda nahot oqibat qolmadi, yo?

Tashlangan bu nozik gullar
Beozor, bemador,
Unsiz yosh to’kar ko’zlari,
Kimgadir intizor.

Beshafqat hayotda gullar
Tuproqda ezilar,
Kimnidir sog’inib ular
Xazonga aylanar.

Xor bo’lib yotar,
Yerda xor bo’lib yotar
Bu gullar.

Yo Rab, Yo Rab,
Nafis chiroy qadri qaylarga yo’qoldi, yo?

Bu go’zal gullar sehri har
Sevishgan dilni bog’lagan,
Baxt-saodat ramzidir bu
Beg’ubor, go’zal gullar.

Yo Rab, Yo Rab,
Nafis chiroy qadri qaylarga yo’qoldi, yo?
Yo Rab, Yo Rab,
Insonlarda nahot oqibat qolmadi, yo?

Yo Rab,
Insonlarda nahot oqibat qolmadi, yo?
Yo Rab… Mehrni qaytar.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]