Rayhon - Yodingdami qo`shiq matni

Afsus, hamma aytgan so`zlaring
So`zligicha qoldi umrbod,
Aldab meni shahlo ko`zlarim,
Hayotimni qildilar barbod.

Shirin tilakdan, tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim,
Ha demagin desalar yonib,
Qaramadim, quloq solmadim.

Yodingdami, tunlarimda oy bolib mening,
Yodingdami, yo`llarimni yoritmoqchiding,
Yodingdami, kunduzimda bo`lib quyoshim,
Jamolimga xol qo`ymoqchiding?

Mana o`tdi necha fasllar,
Bardoshginam tugadi mening,
Ko`zlarimdan oqqan yoshlarim
Daryo bo`lib oqizsin seni.

Shirin tilakdan, tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim,
Ha demagin desalar yonib,
Qaramadim, quloq osmadim.

Yodingdami, tunlarimda oy bolib mening,
Yodingdami, yo`llarimni yoritmoqchiding,
Yodingdami, kunduzimda bo`lib quyoshim,
Jamolimga xol qo`ymoqchiding? (x3)
Yodingdami?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]