Rayhon - Yolg’iz o’zing qo`shiq matni

Zanjirlarni uzib, xayolingni buzib,
Yomg’irdek yo’lingga to’kilaman.
Vayron etib qalbing, egallab yuraging,
Yoningda aylanib o’rgilaman.

Yurma demagin mening ortimdan,
Poylama dema yo’llarim.
Kirib borarman seni ko’nglingga,
Hadya etgani muhabbatim.

Sendadir jonim, ishqim davosi,
Sendadir jonim, hayot ma’nosi.
Umrimning tilagi, orzusi –
Yolg’iz o’zing, yolg’iz o’zing. (x2)

Sevaman demaysan, mehringni bermaysan,
Ko’z yoshim to’kasan, bag’ri toshsan.
Tunlari quyoshdek, olovli otashdek,
Yondirsam sen bardosh berolmaysan.

Sog’indim desam yuzing burmagin,
Sendan o’zgani sevolmasman.
Ketmagin desam, hayron bo’lmagin,
Sensiz bir zum ham yasholmasman.

Sendadir jonim, ishqim davosi,
Sendadir jonim, hayot ma’nosi.
Umrimning tilagi, orzusi –
Yolg’iz o’zing, yolg’iz o’zing. (x6)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]