Shahzoda - Baxt bo’ladi qo`shiq matni

Yovuzlik kuchlari kelmas g`olib,
Devlar ham ketadi ortda qolib,
Bulutni parchalar oftob,
Chekinar alam, iztirob.

Ko`ngilda beg`ubor yoshlik fasli,
Mehrni o`ldirib bo`lmas asli,
Tomchi suv teshadi toshni,
Sinaydi sevgi bardoshni.

Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo`q ekan, qahr-g`azab zor yo`q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, (x2)
Baxt bo`ladi yor.

Afsona yashaydi qo`shiq bo`lib,
Muhabbat yashnaydi nurga to`lib,
Intizor qushga o`q otmang,
Yurakni tosh deb yo`qotmang.

Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo`q ekan, qahr-g`azab zor yo`q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, (x2)
Baxt bo`ladi yor.

(Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo`q ekan, qahr-g`azab zor yo`q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan)

Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo`q ekan, qahr-g`azab zor yo`q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, (x2)
Baxt bo`ladi yor.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]