Shahzoda - Bora-bora qo`shiq matni

Kechalari yulduzu oy
Nur sochib berar chiroy,
Xonam uzra, sevgim uzra.
Sog`inishing bilaman,
Sevishing his etaman,
Ko`zlaringdan, so`zlaringdan.

Yiroq ketma, ozor etma qalbimga,
Aslo tinmay sevgim aytay senga.

Bora-bora qalbingdan,
Yuragingning tub-tubidan
Joy oladurman, yor bo`ladurman.
Pora-pora aylab yor,
Yuragingni men takror
Yondiradurman, yondiradurman.

Bilaman, yor sevasan,
Har doim sog`inasan
Meni juda, meni yana.
Kel, seni baxtli etay,
Mehrimni senga beray,
Sevganimsan, hayotimsan.

Yiroq ketma, ozor etma qalbimga,
Aslo tinmay sevgim aytay senga.

Bora-bora qalbingdan,
Yuragingning tub-tubidan
Joy oladurman, yor bo`ladurman.
Pora-pora aylab yor,
Yuragingni men takror
Yondiradurman, yondiradurman. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]