Shahzoda - Dunyo qo`shiq matni

Kimga yorug`, kimgadir bu zulmat,
Kimgadir baxt, yana qayg`u, hasrat.
Ba`zan qiynab, sinaysan, dunyo,
Ba`zan esa shon-shuhrat.

Senda qasd, senda mehr-muruvvat,
Sening hukmingla yashaymiz abad.
Hammaga birday yaralgan ro`yo,
Bir kam dunyo.

Afsonaviy dunyo, asli ko`hna dunyo,
Gohi xo`rlar, gohi siylar,
Taqdir azal dunyo.

Afsonaviy dunyo, asli ko`hna dunyo,
Hayot yayrab, gohi olib
Qo`yaverar dunyo.

Bu umr yo`llari pastu baland,
Goh ranjitar, gohida hursand.
Taqdir kuningla borsam, dunyo,
Borligimiz sengadir, vaqt.

Senda qasd, senda mehr-muruvvat,
Sening hukmingla yashaymiz abad.
Hammaga birday yaralgan ro`yo,
Bir kam dunyo.

Afsonaviy dunyo, asli ko`hna dunyo,
Gohi xo`rlar, gohi siylar,
Taqdir azal dunyo.

Afsonaviy dunyo, asli ko`hna dunyo,
Hayot yayrab, gohi olib
Qo`yaverar dunyo.

(Afsonaviy dunyo, asli ko`hna dunyo…
Afsonaviy dunyo, afsonaviy dunyo…)

Afsonaviy dunyo…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]