Shahzoda - Har dam qo`shiq matni

Tun kechada, ishqning baxt shahrida
Bedor yuraklar,
Senda yana sevgining betakror,
Shirin tilaklar.

Qalbing ila, sevgi dardi ila
Sen tanho yonasan,
Yuraging ne istar, doim kimni so`rar?
Sen aslo bilmaysan.

Har dam, har dam yana yonasan
Muhabbat yo`lida,
Izla qalbing uni topasan,
Bu sening qo`lingda.

Har dam, har dam qiynama yurak,
Bu sevgi azobi,
Izla qalbing farishtasidan,
Bu savol javobi.

Xayollaring sevgining o`tida
Sarson kezadi,
Lekin chin sevgining shirin baxti
Juda achchiq bo`ladi.

Yonasan ishqida, pok sevging u uchun
Berishga tayyormisan?
Sening qalbing sevar yoki oddiy havas,
Aslo bilmaysan.

Har dam, har dam yana yonasan
Muhabbat yo`lida,
Izla qalbing uni topasan,
Bu sening qo`lingda.
Har dam, har dam qiynama yurak,
Bu sevgi azobi,
Izla qalbing farishtasidan,
Bu savol javobi. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]