Shahzoda - Ishon qo`shiq matni

Yo`llar uzun, masofa uzun,
Olislardan halak,
Senla bugun, sevgingla bu kun
Yashasam kerak.
Mehringga zorman, yana ozorman,
Aslo sog`inchdanmas.
Yana ko`zimdan, mening qalbimdan
Ketmasang kerak.

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu mag`rur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon… (ishon, ishon)

Tunlar yulduz bo`ladi hamroh
Mening chin sevgimga.
Mayin shamol tinglab so`zlarim,
Sherik dardimga.

Yana yonaman,
Armon bo`laman,
Sevgim aytolmasdan.
Nega sezmaysan,
Nega ko`rmaysan
Sevgim ko`zimdan?

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu mag`rur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]