Shahzoda - Jonim birga qo`shiq matni

Bu oqshom har kungiday,
Bu osmon har kungiday,
O’sha quvonchlar, o’sha qayg’ular.

Bilaman, yana qiynar,
Yolg’izlikdagi tunlar,
Sen bilan meni, sen bilan meni.

Baxtimizni biz saqlolmadik,
Kerak so’zlarni aytolmadik.
Arzimas xatoga ajrashdik,
Sevgi yo’lida biz adashdik.

Qani endi biz birga bo’lsak,
Baxtimizni qaytara olsak.
Qaytadan yana biz boshlasak,
Bu hayotni.

Jonim birga, sen bilan birga, yetsak orzularga,
Bo’lsang, jonginam, bir umr sen mening yonimda.
Sen bilan birga, qaytsak u tunlarga,
Mening yonimda sen bo’lsang doim, doim.

Bu oqshom har kungiday,
Xuddi o’sha yillarday,
O’sha orzular, o’sha umidlar.

Yana seni eslatar,
Oy nurin sochgan tunlar,
Qalbim yoritar, qalbim yoritar.

Endi sen mendan yiroqdasan,
O’rtamizda uzoq manzillar.
Lekin bir zum ko’zlarim yumsam,
Jonim, sen yana yonimdasan.

Qani endi biz birga bo’lsak,
Baxtimizni qaytara olsak.
Qaytadan yana biz boshlasak,
Bu hayotni.
Jonim birga, sen bilan birga, yetsak orzularga,
Bo’lsang, jonginam, bir umr sen mening yonimda.
Sen bilan birga, qaytsak u tunlarga,
Mening yonimda sen bo’lsang doim, doim. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]