Shahzoda - Kechalar qo`shiq matni

Yonadi, yonadi qalbim ichra yonadi dard,
Men o`zimdan bunchalik sevgini kutmagandim faqat.
Bilmadim yuragim menga bo`ysunmaydi hecham,
Sen meni qandayin olamga tashlading, jonginam?

Hayotimga sen kelgandan so`ng
Tunu kunimning mazmuni sensan,
Sendadir xayol, xayolimdagi xayol,
Sendadir, sendadir xayol.

Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli
Senga bo`lgan sevgimning. (x2)

Nigohing menda ko`p bo`lgan ekan sezmasdim nega?
Nahotki, bu olov menga yongan bo`lsa dilingda?
Sen eding yonimda, lekin yo`lolmasdim har damda,
O`zimni izlardim sen mendan yashirgan so`zingda.

Hayotimga sen kelgandan so`ng
Tunu kunimning mazmuni sensan,
Sendadir xayol, xayolimdagi xayol,
Sendadir, sendadir xayol.

Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli
Senga bo`lgan sevgimning. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]