Shahzoda - Kerak emas qo`shiq matni

Nega ketgan eding,
Nega kelding yana?
O`tgan kunlarimni
Eslatmagin yana.

Yodimdadir hamon (yolg`onlaring),
Qalbimdan ketmagan.
Menday o`zgani hech (seva olmabsan),
Ayt, qanday ishonay?

Kerakmas, qaytsa yana qayg`u,
Kerakmas ko`zim yoshlagan bu tuyg`u.
Faqat azoblarga to`la u,
Sevging menga kerakmas.

Sevgingdan boshqani
So`ramagan edim,
Senga o`zimdan ham ko`p
Ishonar edim.

Oqlay olmading (ishonchimni),
Qayda edi va`dang?
Yillar o`taverar (xuddi shunday),
Agar o`zgarmasang.

Kerakmas, qaytsa yana qayg`u,
Kerakmas ko`zim yoshlagan bu tuyg`u.
Faqat azoblarga to`la u,
Sevging menga kerakmas.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]